Jasur qiz Sina

Antiqa sayyorada gʻayra oddiy bir qizcha yashardi. Uning ismi Sina edi. Unda ajoyib qobiliyat bor edi, lekin buni oʻzining ota onasi ham bilmas edi chunki Sina oʻz qobiliyatini uning kamchiligi deb bilar edi. Sina yaqinda 9 yoshga toʻladi. Lekin hali hamon uning doʻstlari yoʻq, haligacha hech kim bilan doʻstlashib koʻrmagan hatto harakat ham qilmagan edi. Chunki unda gʻayra oddiy bir fobiya mavjud edi bu fobiya odamlar bilan gaplashish yoki oʻzimizni tilda aytganda uyatchanlik deb ham atalardi. Yaqinda uning tugʻilgan kuni boʻladi, lekin ota onasining yodidan koʻtarilgan edi. Sina ham ularga bu haqida aytmadi. Sinaning yaqinlari faqat ota onasi edi ulardan boshqa hech qanday yaqin insonlari yoʻq edi. Sinaning oying ismi Leila, otasining ismi esa Grimm edi. Ular qandaydir kompaniyada ishlashardi lekin wanday kompaniyaligini Sina bilmas edi. Sina xattoki, ota-onasi bilan ham kamdan-kam gaplashar, ular bilan faqat oʻqish yoki ish haqida gaplashishar edi.

Sinaning tugʻilgan kuniga ham bir kun qoldi. Leila xonim va janob Grimmning yodidan koʻtarilgandi. Sinaga esa oʻzining tugʻilgan kuni qiziq ham emas,tugʻilgan kuni nishonlanadimi yoki yoʻq u qaygʻ urmasdi. Chunki, Sina oʻz tugʻilgan kunini yomon koʻrardi.